Yangi hujjatlar

Toshkent shahridagi doktorantlar propiskasi bo‘lmasa ham arzon uy-joy sotib olishlari mumkinmi?

Assalomu alaykum hurmatli Kun.uz jamoasi.

Men Kamalova Dilnavoz. Navoiy shahrida doimiy ro‘yxatda turaman.

Hozirda Toshkent davlat texnika universiteti Tayanch doktoranturasi 2-bosqich doktorantiman. Turmush o‘rtog‘im ham 2-bosqich doktoranti. Biz 1 yildan beri Olmazor tumanida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tib, ijarada 2 nafar farzandimiz bilan yashab kelmoqdamiz. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-yanvardagi 14-son qarori 3-bob, 38-qism «z» kichik bandiga ko‘ra tayanch doktoranturaning 2-kursidan boshlab oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olayotgan doktorantlar arzon uy-joylarni imtiyozli olishi mumkinligi yozilgan. Ushbu qaror nizomi va ilovalarida «propiska» haqida hech narsa aytilmagan.

SAVOL: Men Toshkent shahridan yangi qurilayotgan arzon uy-joylardan imtiyozli kredit asosida olishim mumkinmi?

Javobingiz uchun oldindan rahmat.

JAVOB: Siz yuqorida ta’kidlagan Vazirlar Mahkamasi qarori nafaqat Toshkent shahri, balki yurtimizdagi boshqa shaharlarda ham yashaydigan yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashayotganlar va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalariga arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish, rekonstruksiya qilish va sotishni belgilaydi.

Lekin Toshkent shahrida uy-joy sotib olish tartibi Vazirlar Mahkamasining boshqa bir qarorida, ya’ni 2012-yil 16-fevraldagi 41-son qarori bilan tartibga solinadi.

Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida uy-joy oldi-sotdi bitimlarini, almashtirish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan o‘zgaga berish va hadya qilishni, shuningdek, Toshkent shahridagi turar joy yoxud turar joy bo‘lmagan bino shaklidagi ko‘chmas mulkni garovga (ipotekaga) qo‘yish, ko‘chmas mulkdan (ko‘chmas mulkning bir qismidan) voz kechish va ko‘chmas mulkni o‘zgaga berishning boshqa usullarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi.

Agar sotib oluvchi tomon:

– Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bo‘lgan;

– Toshkent shahri hududida kamida uch yil doimiy yashab turgan (lavozimda bo‘lgan) ro‘yxatning 2, 5, 9 , 11-bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiska qilingan jismoniy shaxs hisoblansa va ichki ishlar organining doimiy propiskasi borligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini taqdim etsa.

Qisqa qilib aytganda, Toshkent shahrida doimiy propiskangiz bo‘lmasa, unda arzon uy-joylardan sotib olish huquqiga ega emassiz. Doktorantlar uchun propiskasi bo‘lmasa ham uy sotib olishga ruxsat etilsin, degan imtiyoz hozircha amaldagi qonunchilikda nazarda tutilmagan.

Dastlabki manba

Мазкур мақола Сизга манзур бўлдими?
  • Ҳа (26)
  • Йўқ (13)
  • Бироз (0)

Битта фикр

  1. Салом Хушнудбек, Сизга бир саволим бор эди.

    Вазирлар Маҳкамасининг 2012 йил 16 февралдаги 41-сон қарорининг 8 бандига учинчи хат бошисига асосан Тошкент шаҳри ҳудудида камида уч йил доимий яшаб турган пропискага эга бўлган фуқаролар нотариал ҳаракатларни амалга ошириш ҳуқуқи борлиги кўрсатилган.

    Нима учун айнан 3 йил доимий яшаган бўлиши керак? Нима учун 1 ёки 2 йил эмас?

    Бу дегани Мен масалан доимий рўйхатга кирганимга 1 ярим йил бўлса ўз номимга уй олиш ҳуқуқига эга бўлолмайман-ку ахир.

    Ушбу хат бошини чуқурроқ таҳлил қиладиган бўлсак “Тошкент шаҳри ҳудудида камида уч йил доимий яшаб турган (лавозимда бўлган)” қарордаги ушбу қисм пропискага киргандан кейин 3 йил яшаб турган бўлиши керакми ёки ишга киргандан кейин 3 йил доимий 3 йил яшаб турган бўлиши керакми? Бу икки савол қарорда конкрет ёзилмаган.

    Агар қарорнинг уш бу хат бошисини тўлиқ “Тошкент шаҳри ҳудудида камида уч йил доимий яшаб турган (лавозимда бўлган), Рўйхатнинг 2, 5, 9 — 11-бандларига мувофиқ Тошкент шаҳрида доимий прописка қилинган жисмоний шахс ҳисобланса ва ички ишлар органининг доимий пропискаси борлиги тўғрисидаги маълумотномасини тақдим этса.” таҳлил этсак.

    Мен Тошкент шаҳрида 2014 йил 13 октябрдан буён доимий ишлаб ва яшаб келяпман ва лавозимдаман. Бу ушбу “Тошкент шаҳри ҳудудида камида уч йил доимий яшаб турган (лавозимда бўлган)” қисмга тушади.
    2016 йил 9 июлдан Қарорнинг 5 банди бўйича Тошкент шаҳрига доимий прописка қилинганман. Ушбу қолган “Рўйхатнинг 2, 5, 9 — 11-бандларига мувофиқ Тошкент шаҳрида доимий прописка қилинган жисмоний шахс ҳисобланса ва ички ишлар органининг доимий пропискаси борлиги тўғрисидаги маълумотномасини тақдим этса.” қисмига ҳам тушади.

    Демак Мен бугунги кунда ўз номимга квартира расмийлаштириш ҳуқуқига эгаман. Сабаби юқоридаги ҳар икки ҳолат бўйича талабларга жавоб бераман.

    Чунки Қарорнинг ушбу хат бошисида Тошкент шаҳрига тегишли бандлар бўйича доимий прописка қилингандан кейин доимий 3 йил ишлаб ёки яшаши керак деб ёзилмаганку. Юридик жиҳатдан қараганда Мен қарорнинг талабларига тўлиқ жавоб беряпман тўғрими?

    Сизнинг фикрингизни кутуб қоламан.

    Маълумот учун
    Алибек Бойназаров
    (94) 334-44-47