Yangi hujjatlar

Harbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qanday imtiyozlar beriladi?

Harbiy talabalar | talaba.zn.uz

Avval xabar berib o’tganimdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 277-son qarori bilan «Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlangandi.
Ushbu Nizomdagi qoidalarning alohida e’tiborga molik jihatlari quyidagilar:
       Abiturientlar test sinovlaridan oldin oliy harbiy ta’lim muassasasida maxsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan yakuniy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi.
       Maxsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi yakuniy xulosa hisoblanadi va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqsiz deb topilganlar tanlovning navbatdagi bosqichiga qo‘yilmaydi.
       Oliy harbiy ta’lim muassasalarida test sinovlari 10iyul kuni o‘tkaziladi.
       Tinglovchi va kursantlarni o’qishga qabul qilish to’g’risidagi buyruq 15-iyul kuni chiqariladi.
       Tegishli vazirlik yoki idora tomonidan belgilangan tanlovdan (yakuniy tibbiy tekshiruv, ruhiy tanlov, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha sinov va hokazolar) o‘tgan quyidagi abituriyentlar Davlat komissiyasining qarori bilan o‘qishga TEST SINOVLARISIZ qabul qilinadi:
1.    Xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari – tegishli oliy harbiy ta’lim muassasalariga mutaxassislik yo‘nalishining asosiy faniga muvofiqligi bo‘yicha;
2.   O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlar statusi haqida» 2004 yil 12 apreldagi 170-son qaroriga muvofiq «Ilg‘or serjant» nominatsiyasi bo‘yicha respublika tanlovi g‘oliblari;
3.   Yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarish vaqtida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining farzandlari – tegishli vazirlik va idora rahbarining tavsiyanomasiga asosan.
       Quyidagi abituriyentlarga qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyozlar beriladi:
1.    O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 27 foizi miqdorida;
2.   Serjant lavozimida kamida 5 (besh) yil davomida xizmat qilgan hamda harbiy qism qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan serjantlarga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 20 foizi miqdorida;
3.   Respublika harbiy akademik litseylari bitiruvchilariga test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 10 foizi miqdorida.
O’qishga qabul qilish tuzilmasi 5 bosqichda amalga oshiriladi:
I bosqich:
Qabul komissiyalarini tashkil etish
II bosqich:
Hujjatlarni qabul qilish:
1.   Mudofaa vazirligi        –          Shartnoma asosidagi va muddatli harbiy xizmatchilar qabul yilining 1iyunigacha, fuqarolar 1mayigacha;
2.  Ichki ishlar vazirligi   –          Qabul yilining 15yanvaridan 1iyunigacha;
3.  Davlat bojxona qo’mitasi     –          Qabul yilining 1mayigacha;
4.  Milliy xavfsizlik xizmati       –          Qabul yilidan avvalgi yilning 1dekabrigacha.
III bosqich:
Davlat test markaziga imtiyozga ega bo’lganlar to’g’risidagi ma’lumotni taqdim etish:
30-iyun
IV bosqich:
Test sinovlarini o’tkazish
10-iyul;
Ingliz, nemis, fransuz tillaridan boshqa chet tillari uchun yagona ko’p balli baholash imtihoni
4-iyulgacha.
V bosqich:
Tinglovchi va kursantlarni o’qishga qabul qilish to’g’risidagi buyruq:
15-iyul
Мазкур мақола Сизга манзур бўлдими?
  • Ҳа (291)
  • Йўқ (33)
  • Бироз (38)

6 фикр

  1. 4. Milliy xavfsizlik xizmati – Qabul yilidan avvalgi yilning 1-dekabrigacha.
    Qabul yilidan avvalgi yil qachondan boshlab hisoblanadi? Iltimos, aniqroq tushuntirsangiz!