Yangi hujjatlar

2018-yilgi Jahon chempionati o‘yinlarining jadvalini yuklab oling

Millionlab futbol ixlosmandlari intizorlik bilan kutayotgan Jahon chempionati o‘yinlariga Rossiya yashil maydonlarida start berilishiga ham oz fursatlar qoldi.

Bunday fursatlarda ko‘pchilik muxlislarni Jahon chempionatining jadvali, taqvimi qiziqtirishi shubhasiz. Aslida bunday jadvallarni internet tarmog‘idan osongina topish mumkin. Nafaqat futbol, sportga ixtisoslashgan saytlar, balki o‘zini hurmat qilgan ko‘plab yangilik saytlari ham mundial jadvalini havola qilishi tabiiy hol.

Ammo barchada ham doim internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lmasligi mumkin. Shu sababdan, offlayn rejimida foydalanish oson bo‘lgan taqvimni yuklab olish muxlislar uchun qulay bo‘lsa kerak deya hisobladim hamda Sizlarga ana shunday jadvalni havola qilmoqchiman.

Mazkur jadval Microsoft Excel formatida.

Ushbu jadvalning qulay tomoni shundaki, Siz faqatgina hisoblarni kiritib borasiz xolos, qolganini dasturning o‘zi uddalaydi. Ya’ni guruhda kim qanday o‘rinni olganini, ochkolar sonini, to‘plar nisbatini, pley-off bosqichlarida kimning raqibi kim bo‘lishini va h.k.

Shuningdek, jadval tilini osongina o‘zgartirishingiz ham mumkin va 43 ta tildan istalgan birini tanlash imkoniyati mavjud.

Sevimli jamoani tanlash imkoniyati hamda barcha Jahon chempionatlaridagi o‘yinlar tarixi bilan tanishishingiz mumkin.

Eng asosiysi, o‘yinlarning to‘liq taqvimi: kuni, soati, o‘yin bo‘ladigan shahar nomi haqida ma’lumotlar bor.

Ming marta gapirgandan ko‘ra, bir marta yuklab olgan yaxshi. Umid qilamanki, ushbu jadvalning Siz uchun biron foydasi tegadi.

JCh-2018 JADVALINI YUKLAB OLISHdownload

 

P/S: Jadvalning original varianti biroz o‘zgartirilgan bo‘lsa ham, uning mualliflik huquqi Excely.com saytiga tegishli.

Мазкур мақола Сизга манзур бўлдими?
  • Ҳа (97)
  • Йўқ (13)
  • Бироз (6)

Фикр билдиринг

yoki
Saytga kirganingizdan so‘ng fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
Юқорига