Yangi hujjatlar

FHDYo hujjatlari o’zgardi yoxud kirill yozuviga qaytmaslik haqida

Yaqinda O’zA saytining kirill yozuviga asoslangan versiyasi ham ishga tushgandan keyin, ko’pchilik “Nahotki kirill yozuviga yana qaytsak?!” degan savolni o’rtaga tashlagan va bu internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (asosan Facebook, Twitter) ancha muhokama bo’lgandi.
Men o’shandayoq o’z pozitsiyamni aytgandim – ya’ni lotin yozuviga bosqichma-bosqich o’tamiz, kirill yozuviga qaytish ehtimoli 1% dan kamroq. Bunga asos qilib yaqinda davlat ramzlariga o’zgartirish kiritish haqidagi qonun qabul qilinganligi va unga ko’ra gerbimizdagi “ЎЗБЕКИСТОН” yozuvi “O’ZBEKISTON”ga o’zgartirilganini aytgandim.

Kirill yozuviga qaytish haqidagi tahminlar asossiz ekanligi kuni-kecha yana bir bor o’z isbotini topdi. 2012-yil 23-oktabr kuni Adliya Vazirining “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i chiqdi. Unga ko’ra FHDYo organidagi barcha hujjat shakllari lotin yozuvida bo’lishi belgilab berildi.

Shuningdek, buyruqda hududlardagi barcha Adliya boshqarmalariga FHDYo organlari xodimlariga joriy yilning noyabr-dekabr oylari davomida lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini mukammal o’rgatish bo’yicha chora-tadbirlarni ko’rish vazifasi yuklatildi.

Kirill yozuviga asoslangan amaldagi barcha hujjat shakllari (shablonlar) 2013-yilning 1-yanvaridan o’z kuchini yo’qotgan deb topiladi, ya’ni 2013-yil 1-yanvardan boshlab barcha turdagi fuqarolik holati dalolatnomalari (tug’ilganlik haqida, nikoh tuzilganlik haqida, nikohdan ajralganlik haqida, o’lim haqida) lotin yozuvida to’ldiriladi.
Мазкур мақола Сизга манзур бўлдими?
  • Ҳа (0)
  • Йўқ (0)
  • Бироз (0)

3 фикр

  1. Yashang Zemlyak ), katta raxmat…