Kecha, 12-oktabr kuni, poytaxtimizdagi muhtasham “Yoshlar ijodiyoti saroyi”da “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg’armasining yoshlarga qaratilgan grantlari g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi” va “Ta’lim grantlari” dasturi g’olibi bo’lgan 237 nafar talabaga diplomlarni loyiha muallifi Gulnora Karimova topshirdi. Shuningdek, kecha xabar berib o’tganimdek, ushbu tadbirda yaqindagina Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizdagi millionlab futbol muxlislariga olam-olam quvonch ulashgan hamda vatanimizga chempion bo’lib qaytib kelgan o’smirlar terma jamoamiz a’zolari ham Fond Forumning qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan ... Батафсил »