Yangi hujjatlar

Ойлик архивлар: Oktabr 2012

Ko’mirning chakana narxini belgilashning yangi tartibi e’lon qilindi

Ko’mirli vagonlar | all.biz O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining qaroriga binoan “«O’zbekko‘mir» OAJning hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladigan ko‘mirning chakana narxini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”i tasdiqlandi. Mazkur Nizom Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v. b. U. Turdiyev tomonidan imzolangan. Ushbu Nizomni tasdiqlash haqida Moliya vaziri R.Azimovning qarori ham chiqdi. Endi Nizom mazmuni haqida ma’lumot bersam. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-fevraldagi 58-sonli «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va ... Батафсил »

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi yangi nizom e’lon qilindi

«Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 277-son qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga ko’ra Oliy harbiy ta’lim muassalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi batafsil yoritilgan. Sizga ma’lumki, oliy harbiy ta’lim muassalariga qabul jarayoni yurtimizdagi boshqa oliy ta’lim muassalaridagi qabul jarayonidan farq qiladi. Imtihon kuni ham oliy harbiy ta’lim muassalarida boshqa kunda, ya’ni 1-avgustda emas, balki 10-iyul kuni o’tkaziladi. Birozdan so’ng mazkur qarorning ... Батафсил »

Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi tashkil etiladi

«Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish to‘g‘risida» O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 sentyabrdagi PQ–1822-son qarori e’lon qilindi. Bunga ko’ra endi, O’zbekistonda aynan sport kurashlariga ixtisoslashgan maxsus olimpiya zaxiralari maktabi tashkil qilinadi. Birozdan so’ng mazkur qarorning batafsil matni bilan tanishasiz. Blogimni kuzatib boring. Батафсил »

Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish bo’yicha Prezident qarori e’lon qilindi

Xalqaro valyuta fondi | economist.uz O’zbekiston Respublikasining «Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida O’zbekiston Prezidentining qarori e’lon qilindi. Unga ko’ra 2010-yilning 15-dekabridagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchilar Kengashining«Kvotalarni umumiy o‘n to‘rtinchi qayta ko‘rib chiqish va Ijro etuvchi kengashni isloh qilish» haqidagi 66-2-sonli Rezolyutsiyasiga muvofiq Jamg‘armaga a’zo davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi lozim bo‘lgan Ijro etuvchi kengashni isloh qilish to‘g‘risidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi Bitimi moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarori ma’lumot uchun qabul qilindi. Shuningdek, ... Батафсил »

Ustozi yo’q insonning – ustozi shayton! (1-qism)

Photo:  © O‘zA Dedilar, dunyoda asli kim aziz? Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon. Tag’in aytdilarki, aziz shubhasiz, Ustozin qadriga yetolgan inson. Ustozlar haqida juda ko’p va xo’b gapirilgan. Dunyo yaralibdiki, ustoz nomiga sazovor bo’lganlar doimo hurmat va izzatga loyiq ko’rilgan, ta’zim qilishgan. Ularga atab asarlar yozilgan, portretlar chizilgan, dostonlar to’qilgan, ordenlar taqilgan, kinolar olingan, imoratlar solingan, spektakllar qo’yilgan, bitiktoshlar o’yilgan, she’rlar bitilgan, qo’shiqlar aytilgan. Maqolalarni-ku aytmasa ham bo’ladi. O’rnatilgan haykallar esdan chiqib qolibdiku… Ammo har qancha ularni e’zozlasak ham, ular bergan ... Батафсил »

Юқорига