Yangi hujjatlar

Кундалик архивлар: 06.11.2012

Konstitutsiyamizning 20 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri bu yil ham “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 7-dekabr kuni bo’ladi

Photo: uzedu.uz 2012-yil 24-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yillik sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-3920-sonli Farmoyishi e’lon qilindi. Mazkur Farmoyishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda zamonaviy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning qonuniy asosi, diyorimizdagi tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi, xalqimiz farovonligini yanada oshirishning huquqiy kafolati bo‘lib kelayotganligi ta’kidlangan. Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma yilligini siyosiy-ijtimoiy va ma’naviy hayotimizda yorqin iz qoldiradigan, ... Батафсил »

O’tgan 9 oy mobaynida xo’jalik sudlariga 6 milliard so’mdan ortiq da’vo arizasi kiritilgan

Oliy Xo’jalik sudi | tyuk.vo.uz Toshkent shahar adliya boshqarmasining shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo’limi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi oqibatida vujudga kelgan muddati o’tgan debitorlik qarzlarini undirish yuzasidan belgilangan vazifalar bajarilmoqda. Jumladan, 2012-yilning 9 oyi mobaynida shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi oqibatida vujudga kelgan muddati o’tgan debitorlik qarzlarini undirish yuzasidan xo’jalik sudlariga jami 154 ta – 6 mlrd. 249 mln. 532 ming 19 so’mlik da’vo arizasi kiritilgan. Shundan 118 ta – 3 mlrd. 910 mln. 496 ming 905 so’mlik da’vo arizasi qanoatlantirilgan. Xususan, ... Батафсил »

Magistrlik dissertatsiyasining yangi talablari chiqdi

Photo: znaikak.ru O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi №419-sonli buyrug’iga asosan “Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilishga doir” TALABLAR tasdiqlandi. Mazkur yangi tahrirdagi talablar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PF-4456-sonli Farmoni va ushbu Farmonga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi 2012-yil 27-iyuldagi PF-4458-sonli Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Eslatib o’taman, ilgari mazkur qoidalar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2011-yil 3-dekabrdagi №487–sonli buyrug’i asosida ... Батафсил »

Юқорига