Photo: uzedu.uz |
2012-yil 24-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yillik sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-3920-sonli Farmoyishi e’lon qilindi.
Mazkur Farmoyishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda zamonaviy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning qonuniy asosi, diyorimizdagi tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi, xalqimiz farovonligini yanada oshirishning huquqiy kafolati bo‘lib kelayotganligi ta’kidlangan.
Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma yilligini siyosiy-ijtimoiy va ma’naviy hayotimizda yorqin iz qoldiradigan, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlodimizni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘oya ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan tarixiy sana sifatida keng nishonlash maqsadida:
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish respublika tashkiliy qo‘mitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Tashkiliy qo‘mita besh kunlik muddatda tegishli tadbirlar dasturini ishlab chiqishi va uni amalga oshirishga kirishishi belgilab berildi.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahrida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yillik bayramiga bag‘ishlab aholining keng qatlamlari o‘rtasida ma’rifiy uchrashuvlar, jonli muloqot va suhbatlar, adabiy-badiiy kechalar, madaniy tadbirlar o‘tkazish maqsadida taniqli olimlar, ijodkor ziyolilar, san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlarini tashkil etsin hamda ularning belgilangan reja asosida faoliyat olib borishini ta’minlash vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, Farmoyishda Toshkent shahar hokimligi O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda 2012–yil 7–dekabr kuni “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida O’zbekiston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yillik sanasiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish hamda mamlakatimiz san’at ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi bayram dasturini yuqori saviyada tashkil etishi belgilab berildi.
Xabaringiz bor, an’anaga ko’ra aynan mana shu bayram dasturida Prezidnetimiz ma’ruza qiladilar va ushbu ma’ruzada keyingi yilning ramziy nomi e’lon qilinadi.
P/S: O’tgan yili ushbu bayram tadbirida ishtirok etish sharafiga muyassar bo’lganman.