Oliy Xo’jalik sudi | tyuk.vo.uz |
Toshkent shahar adliya boshqarmasining shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo’limi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi oqibatida vujudga kelgan muddati o’tgan debitorlik qarzlarini undirish yuzasidan belgilangan vazifalar bajarilmoqda. Jumladan, 2012-yilning 9 oyi mobaynida shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi oqibatida vujudga kelgan muddati o’tgan debitorlik qarzlarini undirish yuzasidan xo’jalik sudlariga jami 154 ta – 6 mlrd. 249 mln. 532 ming 19 so’mlik da’vo arizasi kiritilgan. Shundan 118 ta – 3 mlrd. 910 mln. 496 ming 905 so’mlik da’vo arizasi qanoatlantirilgan.
Xususan, “Comodity trade servige” MCHJ rahbari “Kapital export agro” MCHJ tomonidan shartnoma majburiyatlar bajarilmaganligi oqibatida yuzaga kelgan debitorlik qarzini undirishda amaliy yordam so’rab, Toshkent shahar adliya boshqarmasiga murojaat qilgan. Ushbu murojaat boshqarma xodimlari tomonidan o’rganib chiqilganda, “Comodity trade servige” MCHJ bilan “Kapital export agro” MCHJ o’rtasida jami 2 mlrd. so’mlik mahsulot yetkazib berish yuzasidan vositalik shartnomasi imzolanganligi aniqlandi. Adliya boshqarmasining yordami bilan Toshkent shahar xo’jalik sudiga “Kapital export agro” MCHJ dan “Comodity trade servige” MCHJ foydasiga asosiy qarzni undirish yuzasidan da’vo arizasi kiritildi. Natijada, xo’jalik sudining qaroriga asosan da’vogar foydasiga penya ham qo’shib hisoblanib, jami 2 mlrd. 100 mln. so’m undirish belgilandi.
“Inson va qonun”