Yangi hujjatlar

Mehnat daftarchalarini xodimlar qo’liga berishga ruxsat etildi

Mehnat daftarchasi © norma.uz

““Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma”ga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrug’i e’lon qilindi.

Unga ko’ra eng katta o’zgarish – bu endi mehnat daftarchasini vaqtinchalik (uzog’i 5 kunga) xodimlarning qo’liga taqdim etish qoidasi kiritildi.


Ya’ni, yo’riqnomaning 2.5-band quyidagi tartibda tahrir qilindi:

2.5. Ish beruvchi xodimning talabiga binoan mehnat daftarchasidan ko’chirma yoki nusxani tasdiqlangan holda beradi.
Xodimning yozma ravishdagi iltimosnomasiga ko’ra, qaytarib berish sharti bilan mehnat daftarchasi uning egasiga 5 kundan ortiq bo’lmagan muddatga beriladi. Bunda mehnat daftarchasiga oxirgi ish joyi va lavozimi haqida kiritilgan ma’lumotlarning tasdig’i sifatida tashkilot tomonidan ma’lumotnoma berilishi lozim.
Bu davrda mazkur Yo’riqnomada belgilangandan o’zgacha tartibda mehnat daftarchasiga qo’shimcha yozuvlar kiritish, uni o’zgartirish, garovga berish yoki yo’q qilish qat’iyan man etiladi va barcha javobgarlik xodimning zimmasiga yuklatiladi.

Nomi: “Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to’g’risidagi yo’riqnoma”ga o’zgartirishlar va qo’shimcha kiritish haqida”gi buyruq
Qabul qilgan organO’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

Qabul qilgan rahbar: Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.XAITOV

Qabul qilingan sana: 2012-yil 21-avgust

Kuchga kirish sanasi: 2012-yil 1-oktabr

Saqlab olish:

Pdf variant (362 kb)                     Doc variant (24 kb)

Мазкур мақола Сизга манзур бўлдими?
  • Ҳа (4)
  • Йўқ (0)
  • Бироз (0)

Фикр билдиринг

yoki
Saytga kirganingizdan so‘ng fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
Юқорига