Yangi hujjatlar

TATUga yangi talabalar turar joyi binosi berildi

TATU binosi | talaba.zn.uz

2012-yil 16-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar MahkamasiningAloqa va axborotlashtirish sohasi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror davlat aktivlarini boshqarishni yanada maqbullashtirish, aloqa va axborotlashtirish sohasi tashkilotlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qabul qilindi.
Qarorning eng diqqatga sazovor joylari haqida to’xtalib o’tsam:
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi va «O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining ma’lum bir binolari tegishli tartibda boshqa muassasa va tashkilotlarga o’tkazib berildi.
Xususan,
·           baholash tashkiloti tomonidan aniqlanadigan qiymat bo‘yicha davlat ulushini ko‘paytirish hisobiga quyidagi ro‘yxat bo‘yicha mol-mulkni «O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining ustav fondiga berildi:
T/r
Bino va inshootlar manzili
Umumiy maydoni
(kv. m)
Balansda saqlovchi (Berayotgan tomon)
Izoh
1.        
Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 28 «A»
4 827
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi
Ma’muriy bino, shuningdek O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan aniqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha tovar-moddiy boyliklar beriladi.
2.       
Chirchiq shahri, P. Yusupov ko‘chasi, «3A»
1 083,51
Chirchiq shahri hokimligi
3.       
Chirchiq shahri, 9-mikrorayon, 50-yillik shoh ko‘chasi
3 404,09
Chirchiq shahri hokimligi
·           Toshkent shahar, Shayxontohur ko‘chasi, 2-uyda joylashgan umumiy maydoni 2 677 kv. m bo‘lgan, «O’zbektelekom» aktsiyadorlik kompaniyasining mulkida bo‘lgan binoni davlat mulki sifatida, tasarruf etish huquqisiz Davlat aloqa inspeksiyasigabepul berildi;
·           Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 119-uyda («A» korpus) joylashgan, umumiy maydoni 6 495 kv.m bo‘lgan binoni Davlat aloqa inspeksiyasi balansidan tasarruf etish huquqisiz Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga bepul berildi;
·           Toshkent shahar, Amir Temur ko‘chasi, 119-uyda («B» korpus) joylashgan, umumiy maydoni 573 kv.m bo‘lgan binoni Davlat aloqa inspeksiyasi balansidan tasarruf etish huquqisiz Madaniyat va sport ishlari vazirligi huzuridagi Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasiga bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga ushbu qaror 1-bandining to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan binoni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining talabalar turar joyi sifatidamoddiy-texnik ta’minlashni, uni xayriya mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga mukammal ta’mirlash vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, qarorda quyidagilar belgilandi:
O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining markaziy apparati va Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasi Toshkent shahar, Amir Temur shohko‘chasidagi 4-uyda;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahar, Navoiy ko‘chasidagi 28a-uyda joylashadi.
Мазкур мақола Сизга манзур бўлдими?
  • Ҳа (1)
  • Йўқ (1)
  • Бироз (0)

Фикр билдиринг

yoki
Saytga kirganingizdan so‘ng fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
Юқорига