Yangi hujjatlar

Bugun hamma metrolar “Bunyodkor”ga boradi

Bugun bayram azizlar! Bugun o’zbek futboli uchun katta shodiyona bo’lib o’tadi! Nima haqida gap ketayotganligini sezib turibsiz.

Barchaning diqqati qaratilgan ushbu tadbir haqida ba’zi ma’lumotlarni o’rtoqlashishni lozim deb topdim.
Bayram tadbiriga chaqirilgan mehmonlarning aksariyat qismi (asosan metroga yaqin joylashgan oliy ta’lim muassalari talabalari) stadionga metroda boradigan bo’lishdi. Toshkent Metropoliteni Boshqarmasi boshlig’I B.Sadikov tomonidan tasdiqlangan grafikka ko’ra 7 minga yaqin mehmonlar metroda maxsus tashkillashtirilgan liniyalarda yetkaziladi. Bu juda ajoyib qaror! Ham qulay, ham xavfsiz.
Faqat meni bir narsa o’ylantirmoqda, oddiy yo’lovchilar metrodan qamday foydalanishadi bugun? Menimcha metropolitenning “Mirzo Ulug’bek” bekatiga vaqtinchalik metrolar to’xtamasdan o’tadi. Faqatgina maxsus liniyalardagi vagonlar uchun to’xtashga ruxsat etiladi.
Ma’lumot sifatida aytishim mumkinki, shundoq ham Toshkent metropoliteni ushbu bayram tadbirini tashkillashtirishga yordam bermoqda. Kecha o’z ko’zim bilan ko’rdim, bayram tadbirida qatnashuvchi ishtirokchilar uchun (konsert vaqtida ommaviy raqsga chiqadiganlar, bayroq ko’taruvchilar va h.k.) metroga tushish va undan foydalanish bepul tashkil qilingan. Ushbu qaror qolgan jamoat transportlari uchun ham amalda.
Xullas, hamma bir yoqadan bosh chiqarib bayramni chiroyli o’tishi uchun jiddiy harakat qilmoqda. Nasib bo’lsa, barcha harakat va mehnatlar o’zini oqlab, tadbir chiroyli tarzda o’tadi, barchaning yodida qoladigan darajada bo’ladi.
Qo’shimcha ma’lumotlar:
          Bayram tadbirida 160 ta kamera faoliyat olib borar ekan.

          Sahnada maxsus katta ekran qurilgan. Uning hajmi – eni 60 metr, balandligi 25 metr. Stadiondagi barcha jarayonlar uchbu ekran orqali onlayn namoyish etib turiladi.

          Aytishlaricha, bayram tadbiri so’ngida katta mushakbozlik bo’ladi. Mushaklar balandligi 100 metrga yetishi ham mumkin.

          Tadbirda “Bunyodkor” va “Paxtakor” jamoalari o’zaro kuch sinashadi. 30 daqiqalik 2 taymda.

          Bayramga mashhur xorijy mehmonlarning tashrif etishi xozircha so’roq ostida turibdi. Men avvalroq Facebookdagi sahifamda xabar qilganimdek, Pele kelishi haqidagi ma’lumot o’zini oqlamagandek (eng qizig’I ushbu satatusimdan keyin championat.uz sayti “O’zbekistonga Pele keladi” deya xabar qoldirgandi J). Sababi kecha Toshkent xalqaro aeroportidagi “agentlarning” xabariga ko’ra Pele Toshkent tuprog’iga qadam bosmagan. Kecha Toshkentga kelgan deyarli barcha mashhurlar (Filipp Kirkorovham bor) shov-shuv bo’lishga ulgurgan kechagi to’yga kelishgan.

          Yana shuni alohida ta’kidlaymanki, agarda tadbirda bironta mashhur inson qatnashsa (shu jumladan Shakira), bu Sanjar Rizayevdan emas! Boshqasidan… 🙂
P/S: Tadbir ssenariysida bir xorijiy mehmon nutqi ham rejalashtirilgan ekan. Qiziq, “kim ekan, kim ekan, u kim ekan?”…
Мазкур мақола Сизга манзур бўлдими?
  • Ҳа (0)
  • Йўқ (0)
  • Бироз (0)

Фикр билдиринг

yoki
Saytga kirganingizdan so‘ng fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
Юқорига