Yangi hujjatlar

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari ruschada to’ldirilishi mumkinmi?

Norma.uz

Internet yaxshi narsada. Unda kezib yurib, ko’p qiziqarli ma’lumotlarga duch keladi odam.
Mana xozirgina Facebookda Muhrim A’zamxo’jayevning bir qiziqarli statusini o’qib qoldim. Uning men uchun qiziqarlilik tomoni shunda ediki, status mazmuni huquqshunoslikka doir, buning ustiga unda mening blogimga ham havola berilgandi. O’sha statusdan parcha:
“Adliya vazirligining yaqinda chiqargan buyrug’ini Xushnudbek Xudayberdiyev kirill alifbosiga qaytmasligimizga bir jiddiy sabab o’laroq keltirgandi: http://xushnudbek.blogspot.com/2012/10/fhdyo-hujjatlari-o-yoxud-kirill.html

Rusiyzabon internet va matbuot esa asosiy urg’uni yangi hujjat namunalari o’zbek tilidan tashqari rus tilida ham to’ldirilishi mumkinligiga qaratmoqda: http://lenta.ru/news/2012/11/01/language/ Rosti, bungacha bunday hujjatlar faqat o’zbek tilida to’ldirilganidan bexabar edim.

Xullas, vaziyat quyidagicha:
Yaqinda Adliya Vazirining “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i chiqqandi. Bu haqida 29 oktabr kuni blogimda xabar ham qoldirgandim. O’sha buyruqni yaxshilab o’qib chiqqandim va hech qanaqa rus tilida yozilishi mumkin degan joyiga duch kelmaganman. Agar ko’rganimda albatta bu to’g’risida ham yozgan bo’lardim.
Shu sababli Muhrimning statusini ko’rib, hayron qoldim. Darrov, havola bo’yicha Lenta.rusaytiga kirdim. Chunki bu gapni qayerdan olishganligiga juda qiziqqandim. O’sha saytdagi xabarda, Podrobno.uz sayti ma’lumoti asosida olingani yozilgan ekan. Mana o’sha xabar manzili: http://www.podrobno.uz/cat/obchestvo/v-uzbekistane-zagsi-budut-oformlyat-dokumenti-na-uzbekskom-yazike/
Keyin Podrobno.uz ga kirdim. Mualliflik huquqi degan narsa yaxshida, ayniqsa internetda. Agar noto’g’ri xabar bo’lsa, darrov egasini sotadi, qo’yadi. Podrobno.uz ham asl xabar egasini shundoq ko’rsatib qo’yibdi. Ehtiyot bo’ling, saytlar ochiladi, keyingi bekat – Norma.uz!
Norma.uz ga kirdim va o’sha xabarni topdim:
Xabarda quyidagi matnga ko’zim tushdi:

В отличие от предыдущих в новых формах записей актов о рождении, о заключении брака, о расторжении брака, о смерти графы для заполнения будут оформлены на двух языках – узбекском (латинская графика) и русском. Ранее они составлялись только на государственном – узбекском языке (кириллица).

Mana o’sha hammani chalg’itgan xabar: – Otaxon, biz o’glingizni topdik! 🙂 ©
Xabar ostiga muallif ham yozilgan: Сардор ДЖУМАШОВ, наш экспертюрист.
Ushbu xabar, allaqachon boshqa saytlarga ham qo’yilgan. Masalan, Olam.uz ga (http://news.olam.uz/society/12824.html).

Endi sizlarga tushunarli bo’lishi uchun, aslida holat qanaqa ekanligi haqida ma’lumot bersam. Xo’sh, aslida ham fuqarolik holati dalolatnomalarini ruschada to’ldirish mumkinmi?
2012-yil 23-oktabr kuni chiqarilgan Adliya Vazirining “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllari va ularni to’ldirish bo’yicha qoidalarni tasdiqlash haqida”gi buyrug’ining 5-ilovasida “Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari shakllarini to’ldirish qoidalari” ko’rsatib o’tilgan. Ushbu qoidalarning 2-bandiga e’tibor bering:

2. Dalolatnoma yozuvlari davlat tilida tushunarli va chiroyli dastxat bilan yoki kompyuter vositasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga muvofiq to‘ldiriladi.

Ushbu qoidalarda aniq-tiniq yozib qo’yilgan – shakllar DAVLAT TILIDA to’ldiriladi deb. O’zbekistonda davlat tili – o’zbek tili. Rus tilida ham to’ldirish mumkin degan qoida bironta joyda ko’rsatilmagan.
Qiziq, o’sha EKSPERT-yurist Sardor Jumashov rus tilida ham to’ldirish mumkin degan qoidani qayerdan oldi ekan-a?
Bu haqida quyidagi shaxsiy tahminim bor.
Menimcha, bunday qarorga kelishga sabab, ilgarigi fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllaridagi savollar faqat kirill alifbosiga asoslan o’zbek tilida yozilgan edi.


Vazir buyrug’i asosida tasdiqlangan yangi shakllardaesa savollar lotin alifbosiga asoslangan o’zbek tilida hamda uning pastida kichikroq shriftdagi rus tilida ham yozuvlar yozilgan.

Balki mana shu narsa rus tilida ham to’ldirish mumkin degan farazni paydo bo’lishiga olib kelgandir? Ammo qoida bor, hammasi qoidalarda aniq-tiniq qilib yozib qo’yilgan – dalolatnomalar davlat tilida to’ldirilishi kerak deb!
Xattoki, xuddi mana shu buyruqning ruscha variantida ham, ilovalar o’zbek tilida beriladi deb yozilgan:

1. Утвердить:Форму записи акта о рождении согласно приложению 1*;
* Приложение № 1 приводится на узбекском языке.
Форму записи акта о заключении брака согласно приложению 2*;
* Приложение № 2 приводится на узбекском языке.
Форму записи акта о расторжении брака согласно приложению 3*;
* Приложение № 3 приводится на узбекском языке.
Форму записи акта о смерти согласно приложению 4*;
* Приложение №4 приводится на узбекском языке.
Правила заполнения форм записей актов гражданского состояния согласно приложению 5*.
* Приложение № 5 приводится на узбекском языке.



Sizda, ya’ni ushbu maqolani o’qiyotgan aziz mushtariyda, savol tug’ilishi mumkin: Xo’p, shakllardagi yozuvlar faqat  o’zbek tilida to’ldirilar ekan, unda unga qo’shimcha sifatida ruscha yozuvni qo’shishning nima keragi bor edi deb.

Yaxshi savol! O’rinli savol! Meni ham shu narsa qiziqtirmoqda. Mazkur tushunmovchilikni keltirib chiqargan xabarni ko’rganimga ko’p bo’lmadi, soat 18.30 lar atrofida ko’rdim. Shu zahotiyoq bunga aniqlik kiritishga harakat qildim. Ammo vaqt biroz kechligi, hamda ish vaqti tugaganligi sababli bironta rasmiy ma’lumot (norasmiylarini olib bo’ldim telefon orqali) ololmadim. Shu sababli ertagacha kutib turasiz endi, hurmatli mushtariy.
Boshqacha qilib aytganda, ertaga tong otsin, hammasini ko’rasiz 🙂

P/S: Tanganing ikkinchi tomoni.
Lekin, hurmatli mushtariy, biz yana bir jihatga e’tibor qaratishimiz kerak.
Ko’plab huquqiy hujjatlarda til bilan bog’liq holatlar haqida so’z ketganda, istisno holatlar ham kiritiladi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-moddasida “O’zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi” deya ta’kidlangan.
Yoxud O’zbekiston Respublikasining Jinoyat-Protsessual Kodeksining 20-moddasida (“Jinoyat ishlari yuritiladigan til”):
“Jinoyat ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladideya ko’rsatilgan.
Mazkur qoidalarni inobatga olgan holda, balki fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarining shakllarini zarurat tug’ilganda rus tilida ham to’ldirish mumkindir. Lekin bu haqida Vazir buyrug’i asosida tasdiqlangan qoidalarda hech narsa deyilmagan. U joyda faqat davlat tili ko’rsatilgan xolos. Balki, yuqoridagi qoidalarni ham kiritish kerakmikin bu yerga, yana bilmadim…


P/S-2: Uzr, yana bir gap:
Internetda mana shu buyruq bilan bog’liq xabarlar ostiga qoldirilgan mulohazalardan shuni bildimki, ko’pchilik dalolatnoma va guvohnomalarni adashtirib qo’ymoqda. Ya’ni, ba’zilar gap tug’ilganlik haqida, nikoh haqida, o’lim haqida fuqaroni qo’liga beriladigan Guvohnomalarga o’zgartirish kiritilibdi deya o’ylashmoqda. Yo’q, bu xato fikr.
Bu yerda gap Dalolatnomalar haqida bormoqda. Ushbu dalolatnomalar fuqarolar qo’liga berilmaydi, FHDYo organlarida rasmiylashtirilib, o’sha joyni o’zida qoladi. Guvohnoma berishga asos aynan mana shu dalolatnomalar hisoblanadi. Ular FHDYo organlarining statistikalarni umumlashtirishda, ma’lumotlarni arxivda saqlanishida xizmat qiladi.
Siz va biz bilgan Guvohnomalarda esa yozuvlar hatto ingliz tilida ham to’ldiriladi. Shu ikkisini bir-biri bilan adashtirmasligimiz kerak.
Мазкур мақола Сизга манзур бўлдими?
  • Ҳа (2)
  • Йўқ (0)
  • Бироз (0)

Фикр билдиринг

yoki
Saytga kirganingizdan so‘ng fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
Юқорига