Joriy yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlari bilan OTMlarga kirish imtihonlari mutlaqo yangi tizimda o’tkazilishi belgilandi.
Xususan, test sinovlari 1-15 avgustda har kuni 2 smenda katta pavilyonlarda bo’lib o’tadi. Test javoblari ertasi kuniyoq e’lon qilinadi.
Testdagi yana bir muhim o’zgarish, endi bitta fan blokidagi savollar soni 36 tadan 30 taga tushirilishi rejalashtirilmoqda (hali tasdiqlanmadi).
Loyihaga ko’ra, 3 ta fandan topshirganlar 90 ta savolga 2 soatu 40 daqiqa ichida, 2 ta fandan topshiradiganlar esa 60 ta savolga 1 soatu 40 daqiqa ichida javob berishlari kerak bo’ladi.
Kelayotgan imtihonlardan umidim katta! Ishonchim ham har yilgidan baland! Xayrli islohotlar tepasidagilarga o’zi kuch-quvvat bersin.
Facebookdagi ushbu xabar ostiga qoldirilgan fikrlar: