Yangi hujjatlar

Lex.uz saytida qonun hujjatlari lotin yozuvida ham e’lon qilinadigan bo’ldi

2017-yil 20-sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining tashabbusi bilan Yuristlar malakasini oshirish markazida “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlashning huquqiy asoslari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarda 25-sentabr sanasidan rasmiy manba sifatida tan olinadigan Lex.uz – milliy qonunchilik bazasi haqida ma’lumotlar ham berildi.

Quvonarli tomoni:

1. Lex.uz mutlaqo yangi va qulay dizaynda ishga tushadi;

2. Qonun hujjatlari lotin grafikasida ham e’lon qilinadi;

3. Xorijiy investorlar tomonidan eng ko’p talab etiladigan 16 ta kodeks (ya’ni barchasi) va 40 ta qonunlar ingliz tili versiyasida e’lon qilinadi;

4. Bundan buyon yangi qabul qilingan normativ hujjatlar 1 kun muddatda Lex.uz saytida Pdf formatida joylashtiriladi. Bugungi holat qanday edi? Lex.uz saytida har haftaning dushanba kuni Qonun hujjatlari to’plami e’lon qilinar, masalan, haftaning seshanba kunida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat faqatgina kelasi haftaning dushanba kuniga kelibgina e’lon qilinardi xolos;

5. Normativ-huquqiy hujjatlarga kirgan o’zgarishlar 3 kun ichida Lex.uz saytida aks etadi.


Мазкур мақола Сизга манзур бўлдими?
  • Ҳа (15)
  • Йўқ (3)
  • Бироз (1)

Битта фикр

Фикр билдиринг

yoki
Saytga kirganingizdan so‘ng fikr bildirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz
Юқорига