P/S: Eng avvalo aytmoqchi edimki, quyida yozganlarim bilan biron narsaga da’vogarlik qilmoqchi, kimlargadir (asosan O’tkir Hoshimovga) taqlid etmoqchi emasman. Bular shunchaki hayotiy kuzatishlarimning pala-partish qog’ozga, iye, yo’g’ey, telefondagi qaydnomaga (zametka) tushirilgan varianti xolos. Yana bir narsani alohida ta’kidlaymanki, yozgan fikrlarim mening qandaydir ijobiy xislatlarim borligini ko’rsatmaydi, ya’ni yozganlarimni hammasiga o’zim ham rioya qilaman degani emas. Harakat qilaman xolos… *** Девяноста Bir kun ertalab metroga tushayotgandim. Bir ayol ikkita farzandi bilan tushayotgan ekan. Bitta farzandini yoshi kichikroq, ikkinchisiniki esa kattaligi ko’rinib ... Батафсил »
Рукн архиви: Shaxsiy fikr
Feed SubscriptionUstozi yo’q insonning – ustozi shayton! (1-qism)
Photo: © O‘zA Dedilar, dunyoda asli kim aziz? Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon. Tag’in aytdilarki, aziz shubhasiz, Ustozin qadriga yetolgan inson. Ustozlar haqida juda ko’p va xo’b gapirilgan. Dunyo yaralibdiki, ustoz nomiga sazovor bo’lganlar doimo hurmat va izzatga loyiq ko’rilgan, ta’zim qilishgan. Ularga atab asarlar yozilgan, portretlar chizilgan, dostonlar to’qilgan, ordenlar taqilgan, kinolar olingan, imoratlar solingan, spektakllar qo’yilgan, bitiktoshlar o’yilgan, she’rlar bitilgan, qo’shiqlar aytilgan. Maqolalarni-ku aytmasa ham bo’ladi. O’rnatilgan haykallar esdan chiqib qolibdiku… Ammo har qancha ularni e’zozlasak ham, ular bergan ... Батафсил »
Bismillohdan boshladik…
Assalomu alaykum… Aslida blog yuritishga unchalik toqatim yo’q. Dangasaman… Lekin o’ylab qarasam har kuni Facebook, Twitter kabi tarmoqlarda yozadigan ma’lumotlarimni bir joyga umumlashtirsam, bitta blogni bip-binoyiday yuritishga yetarli material paydo bo’lar ekan. Demak, bugun, milodiy 2012-yilning 27-sentabr sanasida (ikki ming o’n ikkinchi yil yigirma yettinchi sentabr) [huquqshunoslikda hujjatlardagi raqamlarni albatta so’z bilan yozish ham shart hisoblanadi] ushbu sh’erimni bitdim, iye, yo’g’ey, ushbu blogimni ochdim. Bu blogga kimdir kirish kirmasligini bilmadimu, lekin imkon qadar yuritib borishga harakat qilaman. Aytgancha, menga blog ... Батафсил »