Yangi hujjatlar

Муаллиф архиви: Хушнудбек Худайбердиев

Mehnatning tagi mehnat. Rohat qachon?

Menimcha, kundalik turmushda har doim ham Jinoyat kodeksiga amal qilinmasa qilinmasin, lekin o‘zini hurmat qilgan jamiyatda Mehnat kodeksiga qat’iy amal qilinishi lozim va lobid. Agar mantiqan o‘ylab qarasak, juda ko‘p narsa xodimlarning mehnat huquqlari buzilishidan kelib chiqadi: ish haqlarning kamligi – aksariyat hollarda korrupsiya yoki shu kabi jinoyatlarga yetaklaydi (yoki qashshoqlikka); ish vaqtining tayinsizligi, har kuni kechqurun soat 10-11 (yoki undan ham kech)gacha ishlash – farzandlar tarbiyasining sustlashishiga yetaklaydi, salomatlikniku gapirmay qo‘ya qolay; dam olish kunlarisiz ishlash – ruhiy zo‘riqish ... Батафсил »

Олий таълим тизими жиддий ислоҳ қилинмоқда! Нималар ўзгаради?

2018 йил 5 июнь куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Олий таълим муассасаларида таълим сифатини ошириш ва уларнинг мамлакатда амалга оширилаётган кенг қамровли ислоҳотларда фаол иштирокини таъминлаш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги қарори эълон қилинди. Мазкур Президент қарорини олий таълим тизимининг сифати ҳақида қайғуриб, жон куйдирган барча инсонларнинг ғалабаси дейиш мумкин. Албатта бу дастлабки қадам, қоғоз бошқа, амал бошқа. Аммо, лекин, бироқ, Президент қарорида тизимни ижобий томонга ўзгартиришга, эскилик сарқитларини парчалашга қаратилган жуда кўп ислоҳотлар санаб ўтилганининг ўзиёқ кишини хурсанд қилади! Энг ... Батафсил »

2018/2019 ўқув йили учун қабул квоталари тасдиқланди

2018 йил 4 июнь куни Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев  “2018/2019 ўқув йилида Ўзбекистон Республикасининг олий таълим муассасаларига қабул тўғрисида”ги қарорга имзо чекди. Қарорга мувофиқ 2018/2019 ўқув йилида Ўзбекистон Республикаси олий таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича умумий квота: бакалаврлар учун 69 200 нафар, шу жумладан, давлат грантлари бўйича – 17 654 нафар ва тўлов-контракт асосида – 51 546 нафар; магистрлар учун 5 903 нафар, шу жумладан, давлат грантлари бўйича – 1 552 нафар ва тўлов-контракт асосида – 4 351нафар; махсус сиртқи бўлимларда бакалаврлар учун ... Батафсил »

2018-yilgi Jahon chempionati o‘yinlarining jadvalini yuklab oling

Millionlab futbol ixlosmandlari intizorlik bilan kutayotgan Jahon chempionati o‘yinlariga Rossiya yashil maydonlarida start berilishiga ham oz fursatlar qoldi. Bunday fursatlarda ko‘pchilik muxlislarni Jahon chempionatining jadvali, taqvimi qiziqtirishi shubhasiz. Aslida bunday jadvallarni internet tarmog‘idan osongina topish mumkin. Nafaqat futbol, sportga ixtisoslashgan saytlar, balki o‘zini hurmat qilgan ko‘plab yangilik saytlari ham mundial jadvalini havola qilishi tabiiy hol. Ammo barchada ham doim internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lmasligi mumkin. Shu sababdan, offlayn rejimida foydalanish oson bo‘lgan taqvimni yuklab olish muxlislar uchun qulay bo‘lsa ... Батафсил »

Soyadagi magistratura

Maqolaga kirish 10 may kuni joriy yilgi test sinovlari muhokamasiga bag‘ishlangan «Munosabat» tok-shousiga ekspert sifatida taklif qilishdi. Hali ko‘rsatuv boshlanmasidan turib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligidan kelgan vakil menga e’tirozlarini bildirishni boshladi. O‘tgan yilgiday qattiq gaplarni aytmasin, deb oldindan “musht” ko‘tardi chamamda 🙂 Lekin ular uchun kutilmaganda, joriy yilgi tizimni to‘liq qo‘llab-quvvatlashimni, yangi tizimning birinchi yilida xato va kamchiliklar ko‘p uchrasa ham, lekin ishonishda davom etishimiz kerakligini aytdim. Ko‘rsatuv so‘nggida 2 xil fikr eshitdim: abituriyent va repetitorlar “narigi tomonga ... Батафсил »

Diananing o‘limi uchun maktab qancha tovon to‘laydi?

Oxirgi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 42-maktabning mehnat ta’limi o‘qituvchisi, 23 yoshli Diana Yenekeyevaning vafoti barchamizni chuqur qayg‘uga soldi. Voqeaning tafsilotlari, kelib chiqish sabablari, oqibatlari haqida ortiqcha gapirmoqchi emasman. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi mumkin, maktab o‘qituvchisi hashar ishlariga jalb qilingan vaziyatda vafot etsa, uning oilasiga zarar, ya’ni xalq tili bilan aytganda tovon puli to‘lanadimi? Keling, shu masalani batafsil ko‘rib chiqamiz. Maktab qanday zararlarni to‘lashi kerak? Mehnat kodeksining 192-moddasiga binoan, xodim mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligi yoki ... Батафсил »

Nomi ulug‘, suprasi quruq “qizil diplom” kimga kerak?

Xalq orasida “qizil diplom” atamasi bilan nomlanadigan diplomlarning rasmiy nomi aslida “imtiyozli” diplomdir. Oliy ta’lim muassasalarida “imtiyozli” diplomlar bakalavriatura bosqichida o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishda katta yutuqlarga erishgan talabalarga berilishidan xabaringiz bor. Ammo ko‘pchilikni mazkur “imtiyozli” diplom aslida qanday imtiyoz beradi, degan savol o‘ylantiradi. Keling, bugungi maqolamizda shu bo‘yicha fikrlashsak. Qizil diplom talabaga nima beradi? Hech narsa! Faqat qizil rangni xush ko‘ruvchilar yoki ko‘k rangni yoqtirmaydiganlar uchun taskin berishi mumkin xolos. Ammo bundan boshqa birorta imtiyoz qonunchilikda nazarda tutilmagan. Unda nima uchun “qizil ... Батафсил »

Rossiyadagi talabalarga hech qanday to‘siqlarsiz o‘qishini O’zbekistonga ko‘chirish imkoniyati berilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 16-noyabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yildan boshlab yurtimizdagi OTMlarga qabul jarayonlari mutlaqo yangi tizimda o‘tishidan allaqachon xabaringiz bo‘lsa kerak. Bugungi kunda yuqoridagi Prezident qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida bir qator normativ-hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda. Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, shunday o‘zgarishlardan biri xorijdagi OTMlarda tahsil olayotgan O‘zbekiston yoshlarining yurtimizga o‘qishini ko‘chirish jarayonlarida ham rejalashtirilmoqda. Xususan, xalqaro tan olingan tashkilotlarning reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga ... Батафсил »

Mendan so‘rasangiz – sifatsiz ta’lim asosiy aybdor deyman

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Qozog‘istondagi fojiada halok bo‘lgan yurtdoshlarimizning ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatni ko‘rib, yurak-bag‘rim yana qon bo‘ldi. Albatta har bir vafot etgan shaxsning dog‘i barchamiz uchun yuk, lekin halok bo‘lganlar orasida ota-bola, aka-ukalarning borligi qalbimizni battar tirnayapti. Farg‘ona viloyati Toshloq tumanidan ota-bola – 1970 yilda tug‘ilgan Ma’rifjonov Adhamjon (48 yosh) hamda ularning farzandi Avazbek (21 yosh) ham halok bo‘libdi. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidan aka-ukalar Madraximov Xamidullo (32 yosh) va Xabibullo (27 yosh) bu yorug‘ olamni erta tark etishdi. Farg‘ona viloyati ... Батафсил »

Kirish test sinovlarida savollar sonini qisqartirish rejalashtirilmoqda

Joriy yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlari bilan OTMlarga kirish imtihonlari mutlaqo yangi tizimda o’tkazilishi belgilandi. Xususan, test sinovlari 1-15 avgustda har kuni 2 smenda katta pavilyonlarda bo’lib o’tadi. Test javoblari ertasi kuniyoq e’lon qilinadi. Testdagi yana bir muhim o’zgarish, endi bitta fan blokidagi savollar soni 36 tadan 30 taga tushirilishi rejalashtirilmoqda (hali tasdiqlanmadi). Loyihaga ko’ra, 3 ta fandan topshirganlar 90 ta savolga 2 soatu 40 daqiqa ichida, 2 ta fandan topshiradiganlar esa 60 ta savolga 1 soatu 40 daqiqa ichida ... Батафсил »

Юқорига