Yangi hujjatlar

Муаллиф архиви: Хушнудбек Худайбердиев

Қонунчиликдаги янгиликлар: “Қамчиқ” довонидан баъзи юк машиналари ўтишига чеклов қўйилди

“Qamchiq” dovonidagi tunnel © nasimov.uz Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазирлиги Ўзбекистон автомобиль ва дарё транспорти агентлигининг “Юк автотранспорт воситаларини “Қамчиқ” довонидан ўтиши ва ҳаракатланиши устидан назорат қилиш тартиби тўғрисидаги Низом”и тасдиқланди.Унга кўра, “Қамчиқ” довонидан ўтаётган юк машиналари қатъий рўйҳатга олиш ва текширувдан ўтказилади. Шунингдек, фойдаланиш муддати қуйидагича бўлган юк автотранспорт воситаларига “Қамчиқ” довонидан ўтишга рухсат берилмайди:25 йил ва ундан ортиқ бўлса – 2012 йил 1 октябридан;20 йил ва ундан ортиқ бўлса – 2014 йил 1 июлидан;15 йил ва ундан ортиқ бўлса – ... Батафсил »

Bugun hamma metrolar “Bunyodkor”ga boradi

Bugun bayram azizlar! Bugun o’zbek futboli uchun katta shodiyona bo’lib o’tadi! Nima haqida gap ketayotganligini sezib turibsiz. Barchaning diqqati qaratilgan ushbu tadbir haqida ba’zi ma’lumotlarni o’rtoqlashishni lozim deb topdim. Bayram tadbiriga chaqirilgan mehmonlarning aksariyat qismi (asosan metroga yaqin joylashgan oliy ta’lim muassalari talabalari) stadionga metroda boradigan bo’lishdi. Toshkent Metropoliteni Boshqarmasi boshlig’I B.Sadikov tomonidan tasdiqlangan grafikka ko’ra 7 minga yaqin mehmonlar metroda maxsus tashkillashtirilgan liniyalarda yetkaziladi. Bu juda ajoyib qaror! Ham qulay, ham xavfsiz. Faqat meni bir narsa o’ylantirmoqda, oddiy yo’lovchilar ... Батафсил »

Bismillohdan boshladik…

Assalomu alaykum… Aslida blog yuritishga unchalik toqatim yo’q. Dangasaman… Lekin o’ylab qarasam har kuni Facebook, Twitter kabi tarmoqlarda yozadigan ma’lumotlarimni bir joyga umumlashtirsam, bitta blogni bip-binoyiday yuritishga yetarli material paydo bo’lar ekan. Demak, bugun, milodiy 2012-yilning 27-sentabr sanasida (ikki ming o’n ikkinchi yil yigirma yettinchi sentabr) [huquqshunoslikda hujjatlardagi raqamlarni albatta so’z bilan yozish ham shart hisoblanadi] ushbu sh’erimni bitdim, iye, yo’g’ey, ushbu blogimni ochdim. Bu blogga kimdir kirish kirmasligini bilmadimu, lekin imkon qadar yuritib borishga harakat qilaman. Aytgancha, menga blog ... Батафсил »

Юқорига