Yangi hujjatlar

Муаллиф архиви: Хушнудбек Худайбердиев

Пессимистлар ўқиши шарт эмас!

Мақола бироз кеч ёзилаяпди. Аслида Эрон устидан қозонилган ғалабадан кейиноқ, бундай ҳисоб-китобларни қилиб, вазиятни ойдинлаштирсак ҳам бўлар эди. Аслида Олимхўжа Бўроновнинг “Баҳоргача чидолмадим!” номли мақоласида Ўзбекистон миллий терма жамоасининг гуруҳдаги ҳолати ёритилган, ЖЧга тўғридан-тўғри йўл олишимиз учун бизга неча очко етарли бўлиши ҳақида сўз юритилганди. Аммо яна баъзи янги вариантлар ҳам чиқиб қолди денг… Футболда кўп бора гувоҳ бўлганмиз, айтайлик гуруҳ босқичида бирон жамоа 6-7 очко фарқ билан яққол пешқадам бўлиб олади-ю, лекин мутахассислар назарий жиҳатдан охирги ўриндаги жамоада ҳам ... Батафсил »

Harbiy xizmatchilar o’qishga kirishga tavsiyanoma olish uchun mantiqiy savollarga ham javob berishi kerak

2012-yil 23-oktabr kuni “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tavsiyanomalar berish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM qabul qilindi. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining qarori bilan tasdiqlandi. Nizom 2012-yilning 1-dekabridan kuchga kiradi. Endi ushbu nizomda qanday o‘zgartirishlar kiritilgani, hozirda o’z kuchini yo’qotishi belgilangan 2005-yildagi xuddi shu mazmundagi nizomdan qanday farqlari borligi haqida batafsil to’xtalsam. Eng birinchi o’zgarish, yangi nizom matni o’zbek tilida ham berilgan. Ilgarigi nizom matni faqat ... Батафсил »

Telefon xotirasidagi bitiklar-2

P/S: O’tgan safar chop etilgan “Telefon xotirasidagi bitiklar” nomli maqolam haqida ko’pchilikdan yaxshi fikrlar eshitdim. Shuningdek, ko’pchilik uning davomini ham so’rashdi. Aslida bunday narsalarning originali faqat 1ta bo’ladi! Keyingi qismlari oldingilari kabi muvaffaqiyatli chiqmasligi mumkin, chunki mushtariy oldingisidan ham yaxshiroq fikrlarni kutadi, qolganini qabul qilmaydi. Bu baz’an o’z imkoniyat darajangdan balandroq harakat qilishing kerak degani, bu esa imkonsiz. Mayli, har ne bo’lsada, ming istihola qilib, navbatdagi qismini sizlarga tortiq qilishni joiz deb topdim. Sizlarga yoqadi degan yaxshi gumondaman. Yoqmasa ham ... Батафсил »

Konstitutsiyamizning 20 yilligiga bag’ishlangan bayram tadbiri bu yil ham “O’zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 7-dekabr kuni bo’ladi

Photo: uzedu.uz 2012-yil 24-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yillik sanasini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-3920-sonli Farmoyishi e’lon qilindi. Mazkur Farmoyishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizda zamonaviy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning qonuniy asosi, diyorimizdagi tinchlik va osoyishtalik, fuqarolar va millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlash, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoriga kirishi, xalqimiz farovonligini yanada oshirishning huquqiy kafolati bo‘lib kelayotganligi ta’kidlangan. Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma yilligini siyosiy-ijtimoiy va ma’naviy hayotimizda yorqin iz qoldiradigan, ... Батафсил »

O’tgan 9 oy mobaynida xo’jalik sudlariga 6 milliard so’mdan ortiq da’vo arizasi kiritilgan

Oliy Xo’jalik sudi | tyuk.vo.uz Toshkent shahar adliya boshqarmasining shartnomaviy-huquqiy ishlarni nazorat qilish bo’limi tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi oqibatida vujudga kelgan muddati o’tgan debitorlik qarzlarini undirish yuzasidan belgilangan vazifalar bajarilmoqda. Jumladan, 2012-yilning 9 oyi mobaynida shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi oqibatida vujudga kelgan muddati o’tgan debitorlik qarzlarini undirish yuzasidan xo’jalik sudlariga jami 154 ta – 6 mlrd. 249 mln. 532 ming 19 so’mlik da’vo arizasi kiritilgan. Shundan 118 ta – 3 mlrd. 910 mln. 496 ming 905 so’mlik da’vo arizasi qanoatlantirilgan. Xususan, ... Батафсил »

Magistrlik dissertatsiyasining yangi talablari chiqdi

Photo: znaikak.ru O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi №419-sonli buyrug’iga asosan “Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilishga doir” TALABLAR tasdiqlandi. Mazkur yangi tahrirdagi talablar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi PF-4456-sonli Farmoni va ushbu Farmonga o’zgartirish kiritish to’g’risidagi 2012-yil 27-iyuldagi PF-4458-sonli Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan. Eslatib o’taman, ilgari mazkur qoidalar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining 2011-yil 3-dekabrdagi №487–sonli buyrug’i asosida ... Батафсил »

Sudyalarga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari beriladi

Photo: uzdaily.uz 2012 yil 31 oktyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sudyalarga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish hamda sudyalarga uy-joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun har oylik pul kompensatsiyasi to‘lash tartiblari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sud tizimi xodimlarining ijtimoiy muhofazasini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2012 yil 2 avgustdagi PF-4459-son Farmoniga muvofiq qabul qilingan bo‘lib, unda “Sudyalarga imtiyozli shartlarda uy-joy sotib olishga uzoq muddatli ipoteka kreditlari berish tartibi ... Батафсил »

FHDYo bilan bog’liq masala yuzasidan to’ldirish

Norma.uz Kecha Facebook ijtimoiy tarmog’ida Norma.uzda e’lon qilingan FHDYo hujjatlari haqidagi xabar ancha-muncha mulohazaga sababchi bo’lgandi. Bu haqida blogimda maqola ham yozgandim. Holatni to’liq tushunib olish uchun avvalo o’sha maqolaga bir ko’z yugurtirib chiqishni maslahat berardim. O’sha maqolada fuqarolik holati dalolatnomalaridagi yozuvlar faqat o’zbek tilida to’ldirilishi belgilangan bo’lsa ham, unga qo’shimcha sifatida nega ruscha savollar qo’shilganligining sababi so’roq ostida qolgan edi. Bu savolga bugun javob topishga va’da bergandim. Bugun Adliya Vazirligidan ushbu haqida ma’lumot oldim. Ma’lum bo’lishicha, dalolatnomalar haqiqatdan faqat ... Батафсил »

Fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari ruschada to’ldirilishi mumkinmi?

Norma.uz Internet yaxshi narsada. Unda kezib yurib, ko’p qiziqarli ma’lumotlarga duch keladi odam. Mana xozirgina Facebookda Muhrim A’zamxo’jayevning bir qiziqarli statusini o’qib qoldim. Uning men uchun qiziqarlilik tomoni shunda ediki, status mazmuni huquqshunoslikka doir, buning ustiga unda mening blogimga ham havola berilgandi. O’sha statusdan parcha: “Adliya vazirligining yaqinda chiqargan buyrug’ini Xushnudbek Xudayberdiyev kirill alifbosiga qaytmasligimizga bir jiddiy sabab o’laroq keltirgandi: http://xushnudbek.blogspot.com/2012/10/fhdyo-hujjatlari-o-yoxud-kirill.html Rusiyzabon internet va matbuot esa asosiy urg’uni yangi hujjat namunalari o’zbek tilidan tashqari rus tilida ham to’ldirilishi mumkinligiga qaratmoqda: http://lenta.ru/news/2012/11/01/language/ ... Батафсил »

FHDYo hujjatlari o’zgardi yoxud kirill yozuviga qaytmaslik haqida

Yaqinda O’zA saytining kirill yozuviga asoslangan versiyasi ham ishga tushgandan keyin, ko’pchilik “Nahotki kirill yozuviga yana qaytsak?!” degan savolni o’rtaga tashlagan va bu internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda (asosan Facebook, Twitter) ancha muhokama bo’lgandi. Men o’shandayoq o’z pozitsiyamni aytgandim – ya’ni lotin yozuviga bosqichma-bosqich o’tamiz, kirill yozuviga qaytish ehtimoli 1% dan kamroq. Bunga asos qilib yaqinda davlat ramzlariga o’zgartirish kiritish haqidagi qonun qabul qilinganligi va unga ko’ra gerbimizdagi “ЎЗБЕКИСТОН” yozuvi “O’ZBEKISTON”ga o’zgartirilganini aytgandim. Kirill yozuviga qaytish haqidagi tahminlar asossiz ekanligi kuni-kecha yana ... Батафсил »

Юқорига