Yangi hujjatlar

Муаллиф архиви: Хушнудбек Худайбердиев

TATUga yangi talabalar turar joyi binosi berildi

TATU binosi | talaba.zn.uz 2012-yil 16-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasi tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror davlat aktivlarini boshqarishni yanada maqbullashtirish, aloqa va axborotlashtirish sohasi tashkilotlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida qabul qilindi. Qarorning eng diqqatga sazovor joylari haqida to’xtalib o’tsam: O’zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Toshkent viloyati hokimligi va «O’zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining ma’lum bir binolari ... Батафсил »

O’rindoshlik asosida ishlash hisoblanmaydigan ishlar ro’yhati tasdiqlandi

2012-yil 18-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori qabul qilindi. Mazkur qaror fuqarolarning o‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda (lavozimda) ishlashini yanada tartibga solish, shuningdek aholi daromadlarini ko‘paytirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida chiqarilgan. Ushbu qarordagi eng e’tiborga molik jihatlari haqida siz bilan o’rtoqlashmoqchiman: Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, shu jumladan o‘rindoshlik asosida bir vaqtning o‘zida ikkita rahbarlik lavozimini egallashga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan ... Батафсил »

2013-yil 25-dekabrgacha Respublikadagi Geografik ob’ektlarning nomlari xatlovdan o’tkaziladi va maqbullashtiriladi

Photo: “Moy gorod. Tashkent” dasturidan 2012-yil 16-oktabr kuni «Geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik ob’ektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqidaO’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash tartibi batafsil yoritilgan. Unga ko’ra Respublika va hududlar miqyosida maxsus komissiyalar tashkil etilib, ularning zimmasiga bir qator vazifalar yuklatildi. Xususan, geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha takliflar ularning geografik ob’ektlarning nomlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi yuzasidan davlat ekspertizasidan o‘tkaziladigan ... Батафсил »

Osiyo Chempionlari bilan ilk uchrashuv

Kecha, 12-oktabr kuni, poytaxtimizdagi muhtasham “Yoshlar ijodiyoti saroyi”da “O’zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg’armasining yoshlarga qaratilgan grantlari g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda “Iqtidorli talabalar uchun stipendiyalar dasturi” va “Ta’lim grantlari” dasturi g’olibi bo’lgan 237 nafar talabaga diplomlarni loyiha muallifi Gulnora Karimova topshirdi. Shuningdek, kecha xabar berib o’tganimdek, ushbu tadbirda yaqindagina Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimizdagi millionlab futbol muxlislariga olam-olam quvonch ulashgan hamda vatanimizga chempion bo’lib qaytib kelgan o’smirlar terma jamoamiz a’zolari ham Fond Forumning qimmatbaho esdalik sovg’alari bilan ... Батафсил »

Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni attestatsiya asosida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga o‘tkazish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “Stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilarni attestatsiya asosida katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutiga o‘tkazish tartibi” to‘g‘risidaqaror loyihasini ishlab chiqdi. Ushbu qaror loyihasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-4456-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ... Батафсил »

Telefon xotirasidagi bitiklar

P/S: Eng avvalo aytmoqchi edimki, quyida yozganlarim bilan biron narsaga da’vogarlik qilmoqchi, kimlargadir (asosan O’tkir Hoshimovga) taqlid etmoqchi emasman. Bular shunchaki hayotiy kuzatishlarimning pala-partish qog’ozga, iye, yo’g’ey, telefondagi qaydnomaga (zametka) tushirilgan varianti xolos. Yana bir narsani alohida ta’kidlaymanki, yozgan fikrlarim mening qandaydir ijobiy xislatlarim borligini ko’rsatmaydi, ya’ni yozganlarimni hammasiga o’zim ham rioya qilaman degani emas. Harakat qilaman xolos… ***  Девяноста Bir kun ertalab metroga tushayotgandim. Bir ayol ikkita farzandi bilan tushayotgan ekan. Bitta farzandini yoshi kichikroq, ikkinchisiniki esa kattaligi ko’rinib ... Батафсил »

Kontraktda o’qiyotgan talabalar uchun kontrakt to’lash muddati uzaytirildi

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 5-oktabrdagi 07/1-312-sonli ko’rsatmasiga asosan  2012/2013 o’quv yilida oliy ta’lim muassasalarida to’lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun kontrakt miqdorining birinchi yarmini to’lash muddati joriy yilning 31-oktabriga qadar uzaytirildi. Bunday qaror qabul qilinishida tashkilotlar, ota-onalar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlarining murojaatlari e’tiborga olingan. Eslatib o’taman, oliy ta’lim muassalarida to’lov kontrakt pullarining kamida birinchi yarmini to’lash sanasi 1-kurslar uchun 15-sentabr (ushbu o’quv yilida 1 oktabrgacha uzaytirildi), 2-4 kurslar uchun esa 1-oktabr qilib belgilangan ... Батафсил »

Harbiy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida qanday imtiyozlar beriladi?

Harbiy talabalar | talaba.zn.uz Avval xabar berib o’tganimdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 277-son qarori bilan «Oliy harbiy ta’lim muassasalariga tinglovchi va kursantlarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom» tasdiqlangandi. Ushbu Nizomdagi qoidalarning alohida e’tiborga molik jihatlari quyidagilar: –       Abiturientlar test sinovlaridan oldin oliy harbiy ta’lim muassasasida maxsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiya tomonidan yakuniy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. –       Maxsus tashkil etilgan harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi yakuniy xulosa hisoblanadi va sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘qishga yaroqsiz deb topilganlar tanlovning navbatdagi ... Батафсил »

Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabida 60 nafar o’quvchi tahsil oladi

Artur Taymazov | anons.uz 2012 yil 24 sentyabrda “Sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–1822-sonli qarori e’lon qilindi. Unda Respublikamizda kuchli maktabga ega bo‘lgan hamda Olimpiya o‘yinlari va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan sport kurashini olimpiya sport turlaridan biri sifatida yanada keng rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni erkin va yunon-rum kurashi bilan muntazam shug‘ullanishga faol jalb etish, ularning sport mahoratini oshirish hamda trener kadrlarning salohiyatini rivojlantirish, shu asosda mamlakatimiz terma jamoalari uchun ishonchli zaxirani shakllantirish ... Батафсил »

Ko’mirning chakana narxini belgilashning yangi tartibi e’lon qilindi

Ko’mirli vagonlar | all.biz O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O’zbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining qaroriga binoan “«O’zbekko‘mir» OAJning hududiy distribyutorlik markazlari orqali sotiladigan ko‘mirning chakana narxini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”i tasdiqlandi. Mazkur Nizom Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v. b. U. Turdiyev tomonidan imzolangan. Ushbu Nizomni tasdiqlash haqida Moliya vaziri R.Azimovning qarori ham chiqdi. Endi Nizom mazmuni haqida ma’lumot bersam. Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-fevraldagi 58-sonli «Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va ... Батафсил »

Юқорига